🏆 DONIYOR CHORIYEV "YILNING ENG YAXSHI PLASTIK JARROHI – 2025" NOMINATSIYASI BILAN TAQDIRLANDI

Dr. Choriyev Doniyor · Plastik va estetik jarroh ·

Toshkentdagi yetakchi plastik jarrohlardan biri bo‘lgan Doniyor Choriyev O‘zbekiston Plastik, Rekonstruktiv va Estetik Jarrohlar Assotsiatsiyasi tomonidan "Yilning eng yaxshi plastik jarrohi – 2025" nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Ushbu yuksak e'tirof ko‘p yillik professional faoliyat, minglab muvaffaqiyatli operatsiyalar, doimiy ilmiy izlanishlar va bemorlar ishonchining natijasidir.

Doniyor Choriyev blefaroplastika, rinoplastika, mammoplastika, abdominoplastika, liposaksiya va bodylifting yo‘nalishlarida faoliyat yuritib, O‘zbekiston hamda xorijdan kelayotgan bemorlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Mazkur mukofot plastik jarrohlik sohasini rivojlantirishga qo‘shilgan munosib hissaning yana bir e'tirofi hisoblanadi.

Doniyor Choriyevni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

← Yangiliklar