Blefaroplastika amaliyotida natijaning 50% operatsiyadan oldin hal bo‘ladi
Ko‘pchilik blefaroplastika vaqtida eng muhim ish ortiqcha terini kesib olish deb o‘ylaydi. Aslida esa eng mas’uliyatli bosqich operatsiyadan oldingi belgilash hisoblanadi. Jarroh bemor o‘tirgan, tik turgan va ko‘zlarini ochib-yopgan holatda qovoq terisini baholaydi. Chunki yotgan holatda teri taranglashib, noto‘g‘ri tasavvur hosil qilishi mumkin.
Yuqori qovoqda ortiqcha teri qancha bo‘lmasin, ko‘zning normal yopilishi uchun yetarli miqdorda teri qoldirilishi shart. Haddan tashqari ko‘p teri olib tashlansa, bemorda ko‘z qurishi, noqulaylik va hatto qovoqning to‘liq yopilmasligi kuzatilishi mumkin.
Shuning uchun zamonaviy blefaroplastikada maxsus o‘lchov usullari, pinset-test va boshqa instrumentlardan foydalaniladi. Tajribali jarroh uchun belgilash oddiy chiziq chizish emas, balki har bir millimetrni hisoblash jarayonidir. Aynan shu bosqich tabiiy, chiroyli va xavfsiz natijaning poydevorini yaratadi.
Dr Choriyev – Blefaroplastika, qovoq olish amaliyoti, Toshkent.